O‘zbekiston prezidenti ShHTni “madaniy-sivilizatsion qarashlari turlicha, o‘z tashqi siyosiy yo‘nalishlari va milliy taraqqiyot modellariga ega mamlakatlarni birlashtira olgan o‘ziga xos davlatlararo tuzilma”, deb atadi. Shu sababli tashkilotga qo‘shilish istagidagi davlatlar soni ortib bormoqda, dedi u.
Shavkat Mirziyoyev SHHTning Samarqanddagi sammiti arafasida e’lon qilingan maqolasida xalqaro hamkorlikning universal prinsip va normalarga asoslangan tizimi izdan chiqib borayotganini ta’kidladi. U «global darajada ishonchning chuqur tanazzulga yuz tutayotganini» — asosiy sabablardan biri sifatida qayd etdi.
SHHTning bo‘lajak sammiti kun tartibida global geosiyosiy inqirozlar haqida biror gap yo‘q va uning hujjatlarida geosiyosiy maqsadlarni ko‘zlovchi masalalar yuzasidan bayonot va chaqiruvlar bo‘lmaydi, dedi O‘zbekistonning SHHTdagi milliy koordinatori Rahmatulla Nurimbetov.
Samarqandda o‘tadigan SHHT sammiti va xorijiy mamlakat rahbarlarining rasmiy tashriflari sababli shahar maktablarida darslar 19-sentabrdan boshlanadi. O‘quvchilar qoldirilgan dars soatlarini o‘quv yili davomida ta’tillar hisobidan to‘ldirib boradi.
Uzbekistan Airways 12−20−sentabr kunlari Toshkent, qolaversa, Rossiya, Qozog‘iston va Turkiyadan Samarqandga amalga oshirilishi rejalashtirilgan bir nechta reyslarni bekor qildi. Aviakompaniya buni Samarqand xalqaro aeroportidagi texnik sabablar bilan izohladi.
Shavkat Mirziyoyev chorshanba kuni Samarqand turizm markazini qurishni tezlashtirish yuzasidan mas’ullarga topshiriq berdi. Loyihaga ko‘ra, ushbu majmuada kongress xoll, «Abadiy shahar» karvon saroyi, 8 ta mehmonxona qurish ko‘zda tutilgandi. Hozirgi kunga kelib, mehmonxonalar, qadimiy shaharchalar, yo‘l va ko‘priklarni qurish ishlari olib borilmoqda (foto).
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting